O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi navbatdagi bitiruvchilarini kuzatdi

Iqtidorli yoshlar – yurt kelajagi O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi navbatdagi bitiruvchilarini kuzatdi
122


Ajdodlarimizning boy merosini o‘rganib, diniy va dunyoviy bilimlarni puxta egallagan, har tomonlama yetuk, barkamol avlodni voyaga yetkazishda o‘zining salmoqli hissasini qo‘shib kelayotgan O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi navbatdagi bitiruvchilarini kuzatdi. Shu munosabat bilan akademiyada “Oq yo‘l sizga, aziz bitiruvchi!” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri o‘tkazildi.




Samimiy va qizg‘in muloqot shaklida o‘tgan uchrashuvda bitiruvchi talabalar hamda ularning ota-onalari so‘z olib, akademiya rahbariyati va ustozlarga minnatdorlik bildirishdi. Jarayon sahna ko‘rinishlari, QVZ dasturlari, talabalar tomonidan kuylangan kuy-qo‘shiqlar, she’rlar, mehmon san’atkorlarning chiqishlariga ulanib ketdi.




Marosim yakunida bir guruh professor-o‘qituvchilar, bitiruvchi yoshlar hamda faol talabalar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.



Shuningdek, bitiruv tadbiri doirasida 2024-2025-oʻquv yili bitiruvchilari hamda ish beruvchi vazirliklar, idoralar, turli tashkilot, korxona va muassasalar oʻrtasida bevosita muloqotini taʼminlash maqsadida uchrashuv tashkillashtirildi.

Jarayonda 10 ga yaqin davlat va nodavlat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

Talabalarni ish bilan ta’minlashda doimiy ko‘mak ko‘rsatib kelayotgan bir guruh ish beruvchi tashkilot vakillariga akademiya tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.


Ma’lumot o‘rnida! O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar, Islomshunoslik va mumtoz sharq filologiyasi fakulteti hamda 10 ta kafedra faoliyat yuritmoqda. 2024/2025-o‘quv yilida 309 nafar talaba bakalavriat hamda 95 nafar yigit-qiz magistratura bosqichini tamomlamoqda.

Maqola muallifi

Muxbirimiz

Muxbirimiz

Jurnalist

Teglar

  • #Ta'lim
  • #Yoshlar
  • #OTM

Ulashish