Rahbar kitobxon boʻlsin!

Yoshlarga maʼnaviy tarbiya berish, ularning tafakkurini boyitish va kitobga boʻlgan mehrini oshirish bugungi kunda dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Yurtimizda bu borada tizimli ishlar olib borilmoqda. Yashnobod tumanida ham kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, bolalar va oʻquvchilar oʻrtasida mutolaa madaniyatini keng targʻib qilish, pedagoglar o‘rtasida yangi avlod darsliklari bilan ishlashni tizimli yo‘lga qo‘yish borasida muhim loyihalar amalga oshirilmoqda.
Bu jarayonlarda Yashnobod tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi Gulchehra Yoqubovaning hissasi beqiyos. Gulchehra opa taʼlim muassasalarida kitobxonlikni rivojlantirish, maktab kutubxonalari faoliyatini jonlantirish hamda oʻquvchilarning badiiy adabiyotga boʻlgan qiziqishini oshirish maqsadida doimiy ravishda targʻibot-tashviqot ishlarini olib bormoqda. Mazkur yo‘nalishlarda uning rahbarligida tumandagi barcha maktablarda bir qator amaliy ishlar, seminar-treninglar muntazam oʻtkazib kelinmoqda. Ayniqsa, “Dolzarb 90 kun” doirasida har bir taʼlim muassasasida “BOOK LEADER” loyihasining tashkil etilishi, maktab kutubxonalarining fondi yangi badiiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan boyitilayotgani tumandagi kitobxonlik muhitini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Taʼkidlash joizki, Gulchehra Yoqubova kitobni yosh avlod maʼnaviyatining tayanchi, ularning intellektual salohiyatini oshirish vositasi sifatida qadrlaydi.
Kuni kecha uning tashabbusi bilan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamkorligida “Yashnobod tumani tajribasi: Kitob bilan yangi avlod sari” shiori ostida seminar-trening tashkil etildi. Unda boshqarma va tumanlar mas’ul xodimlari, umumta’lim maktablari kutubxona mudiralari, faol va tashabbuskor pedagoglar ham ishtirok etishdi. Seminar davomida katta ish tajribasiga ega bo‘lgan kutubxona mudiralari va o‘qituvchi-pedagoglar tomonidan ilg‘or ish tajribalari ommalshtirildi, taqdimotlar namoyish etildi.
Jasurbek NAZIRJONOV,
Yashnobod tumanidagi
156-maktabning
ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi
Shu kecha va kunduzda
XORIJDA TA’LIM O‘ZBEK AYOLLARI NIGOHIDA
“Va’da”ning taqdimoti
ChatGPT – AI haqida talabalar fikri: ChatGPT Giyohvand moddami?
Rahbar kitobxon boʻlsin!
OB-HAVO

0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank