Sovg'aning eng kattasi
Sayxunobod tumanidagi 28-maktab tumanning eng chekka hududi ̶ “Yangi hayot” mahallasida joylashgan bo‘lib, unda 500 nafar o‘g‘il-qizlar tahsil oladi.
Bayram arafasi bohonasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi “Ijod” va “Adabiyot” nashriyotlarida chop etilgan 300 jild sara kitoblarni maktab kutubxonasiga sovg‘a qildi.
Shu munosabat bilan Maktabda yangi kitoblarning taqdimotiga bag‘ishlangan “Kitob ̶ tafakkur qanoti” mavzusida ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Mazkur anjumanga O‘zbekiston Yozuvchilar uyumasi Sirdaryo viloyat bo‘limining rahbari Noriniso Qosimova, uyushma yetakchi mutaxassisi Xayrulla Solijonovlar ham taklif etildi. Taqdimotni Nodiraxon Boymurodova kirish so‘zi bilan ochdi. Notiq keyingi paytlarda maktabda kutubxona fondini boyitish borasida sezilarli ishlar amalga oshirilayotganini, yaqin orada har bir o‘quvchiga o‘rtacha 10-15 jilddan badiiy adabiyotlar taqdim etish tadorigi ko‘rilayotganini ochiqladi.
Tadbir ko‘tarinki ruhda yakunlandi.
Shu kecha va kunduzda
XX ASRNING BUYUK PEDAGOGI
Sovg'aning eng kattasi
O‘qituvchilar 100 ming dollar maosh oladi
DEBRIFING yoxud attestatsiyadan keyingi o‘ylar...
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank