Gender tengligi va xotin-qizlarga nisbatan zoʻravonlik
Jarayon

463
Kecha “Shamsan Airport Hotel” mehmonxonasida “Oʻzbekistonda mahalla fuqorolar yigʻinlarining zamonaviy muammolarga javob choralari: gender tengligi va xotin-qizlarga nisbatan zoʻravonlik” mavzusi ostida uch kunlik oʻquv trenining ilk kuni boʻlib oʻtdi.
Soʻnggi yillarda, Oʻzbekistonda gender tenglikni ta’minlash yoʻlida muhim qadamlar tashlandi. Xotin-qizlarga ishonch bildirish, ularning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish borasida sezilarli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Bunga misol tariqasida, bugungi kunda Oʻzbekiston davlat qonunchilik palatasida 150 nafar deputat faoliyat yuritayotgan boʻlsa, ulardan 57 nafari, ya’ni 38 foizi ayollar ekanligini koʻrish mumkin. Shuningdek, mamlakat tarixida ilk bor Senat raisi lavozimiga Tanzila Norboyeva saylangani ham gender tenglik yoʻlidagi yutuqlardan biridir.
Ammo bu barcha ayollar huquqlari muhofaza ostida degani emas. Tadbirdan koʻzlangan maqsad ham aynan shu ayollarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikni oldini olish va bunda mahallaning tutgan oʻrni, aholi bilan qanday ishlash kerak ekanligini aniqlash edi.
Tadbirda gender ijtimoiylashuv insitutlari haqida ham soʻz bordi. Genderning ijtimoiylashuvida oila, mahalla va ta’lim muassasalari ham muhim rol oʻynaydi.
Xulosa oʻrnida shuni aytish joizki, ayol va erkak oʻrtasidagi tenglik, ularning jamiyatdagi diniy, ijtimoiy, huquqiy va siyosiy sohalardagi imkoniyatlarni bir xil boʻlishini ta’minlaydi. Orada jinsiy farqlar mavjud boʻlsada, bu insonning potentsiali va jamiyatda tutgan oʻrnini belgilashda toʻsqinlik qilmasligi lozim.
Ismoil TOʻRABOYEV,
OʻzDJTU talabasi
Shu kecha va kunduzda
Adolat, sadoqat va siyosat saboqlari
Bilasizmi?
AKADEMIYADA "TALABALAR BAHORI"
Oliy ta’lim
“Karyera kuni” mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi
Jarayon
Prezident Andijon aeroportida olib borilayotgan modernizatsiyalash ishlari bilan tanishdi
Jarayon
OB-HAVO

0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank