Islom – salomatlik targ‘ibotchisi
– Islomda ovqatlanishga faqat tanani to‘ydirish vositasi emas, balki ruhiy poklanish, sabr, shukr, iymon va sog‘lom yashash tamoyillariga sodiqlikning bir ko‘rinishi sifatida qaraladi, deydi nutqida Qo‘qon davlat universiteti “Pedagogika-psixologiya” kafedrasi dotsent vazifasini bajaruvchisi Gulruxon Ashurova. Islom ta’limotlariga ko‘ra, inson tanasiga kiradigan har bir luqma faqat jismoniy emas, balki ruhiy va axloqiy holatga ham bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Sog‘lom turmush tarzi uchun bu muhim nuqtalarni doim yodda tutishimiz lozim.
Konferensiya ma’ruzalari mazmun jihatidan bir-birini to‘ldirdi:
– Musulmonlar inson jasadini sog‘lomlashtirishda eng avvalo uning ruhiyati va nafsini poklash, shuningdek, axloqini sayqallashga alohida e’tibor qaratganlar. Shu nuqtayi nazardan Tib ilmi ikki qism, ya’ni jism va qalb tabobatidan iborat bo‘lib, jism tabobati odamning badani a’zolarining salomat ekanligi jihatidan uning sog‘ligini saqlash yoki kasallikdan tuzatish uchun o‘rganiladi. Qalb tabobatida esa, inson yuragi holati uning tuzalishi yoki xasta bo‘lishi jihatidan o‘rganiladi. Qalb – inson jismidagi eng muhim a’zo. U sog‘lom bo‘lsa, boshqa a’zolar ham sog‘ bo‘ladi. Agar u buzuq bo‘lsa, boshqa a’zolar ham illatlanadi, deydi O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi katta o‘qituvchisi (PhD) Lazizaxon Alijonova.
Shu kecha va kunduzda
Yapon olimining Mirzo Boburga maktubi
Zahiriddin Muhammad Bobur haqida 10 ta fakt
Maktabda psixologik xizmat: o‘quvchi ruhiy salomatligi doimiy nazorat talab qiladi
Vazir jamg‘armasi: kimlar ustama oladi va qanday hujjat topshiriladi?
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank
Mavzuga doir
2025-YILI O‘ZBEKISTON TA’LIMIDA NIMALAR O‘ZGARDI?
Nega universitet tanlashda faqat reytingga emas, kampusga ham e’tibor berish kerak?
QS Eurasia Forum 2025 ilk bor Toshkentda