Fazoda chaqaloq dunyoga keldi
Aviakompaniya matbuot xizmatining xabar berishicha 28-yanvar kuni O‘zbekistondan AQSHga uchayotgan samolyot bortida chaqaloq tug‘ilgan.
Va aynan shu kuni Uzbekistan Airways kompaniyasining 33 yillik yubileyi ham edi.
Ma’lum qilinishicha, parvoz davomida yo‘lovchilardan birida tug‘ruq boshlangan va samolyotdagi shifokorlar yordam ko‘rsatishgan. Bola dunyoga kelgandan so‘ng ekipaj Islandiyaning Keflavik shahridagi zaxira aerodromiga qo‘ngan.
Samolyot muvaffaqiyatli qo‘nganidan so‘ng, tibbiyot xodimlari bortga ko‘tarilib, zarur yordam ko‘rsatishdi. Ona va chaqaloq mahalliy klinikaga yetkazildi. Uzbekistan airways ushbu ajoyib voqea bilan baxtiyor oilani tabriklaydi. Shuningdek, ekipaj va tibbiy xodimlarga o‘zlarining professionalligi va hamjihatlikda ko‘rsatgan yordamlari uchun chuqur minnatdorlik bildiradi, – deyiladi xabarda.
Shu kecha va kunduzda
KARIM BAHRIYEV: MATBUOTNING ULUG‘ XIZMATI ROSTINI YOZISHIDIR ASSALOMU ALAYKUM, MAHORAT BILAN BIRGA JASORATNI O‘RGANAYOTGAN JURNALIST DO‘STIM!
“Xalqaro bolalar kitobi kuni”
O‘zbekistonda ilk bor o‘zbek imo-ishora tili onlayn lug‘ati veb-sayti va mobil ilovasi ishlab chiqildi
M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali tashkil etilganiga 20 yil to‘ldi
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank