Multfilmlarning bolalarga ta’siri
Hozirgi bolalar elektron dunyoda tug‘ilib, o‘smoqda, sevimli multfilmlarini internet orqali bir necha marta qayta tomosha qilishlari mumkin. Ammo farzandlarimizni so‘ngsiz multfilm zavqiga berish to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri? Multflimlarning bolalar rivojiga ta’siri muhim – bu ularning kognitiv va ijtimoiy ko‘nikmalariga qanday ta’sir qilishidan tortib, yaratuvchanlik va ta’limiy kontentdan o‘rganishday ijobiy tomonlarigacha. Bu masalaning ikkala tomoniga ham yaqinroq qaraymiz:
Multfilm qahramonlarining bolalarga ijobiy ta’siri
1. Tasavvurlarini kengaytiradi.
2. Multflimlar bolalarning miya hujayralariga kerakli aloqalarni o‘zlari yaratishda yordam beradi. Turli his-tuyg‘ularga tayanib, bolalar tasavvurlarining kuchini oshiradi.
3. Yangi narsalarni o‘rganishga yordam beradi.
4. Bolalar uchun ta’limiy multflimlar ularni ilgari bilmagan narsalarni o‘rgatishda katta yordam beradi.
5. Voqeaga oldindan baho berish va o‘ylashni o‘rganadilar.
6. Yana bir sabab, ularni multfilm qahramonlarining muammolarni qanday hal qilishini ko‘rish va o‘rganishdir. Shu orqali ular oldindan o‘ylash va kelajakdagi muammolarni hal qilishni o‘rganadilar.
7. Kulgu, eng yaxshi stressni bartaraf etuvchi vosita.
8. Bolalar uchun stressni yengishning eng yaxshi yo‘li – ularni kuldirish. Multflimlarning bolalarga eng katta ta’siri shundaki, endorfin(baxt, quvonch garmoni) garmonlarini ishlab chiqarishga yordam beradi, bu esa o‘zini yaxshi his qilishga yordam beradi.
9. Yangi qiziqishlarni kashf etadi.
10. Bolalar uchun ta’limiy multflimlar, ularga qiziqishlarni topishda yordam beradi.
11. Tanqidiy va tahliliy fikrlashni rivojlantiradi.
12. Multflim tomosha qilish miya o‘sishini rag‘batlantirib xotirani kuchaytiradi.
Multflimlarning bolalar rivojiga salbiy ta’sirlari
1. Mult qahramonlarning xarakteridagi agressiyani o‘zlashtirish.
2. Multflimlar zo‘ravonlikni o‘z ichiga olsa bu – bolaning juda faollashishiga va agressiv bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin. Masalan bunga oddiy misoll: noroziliklarini ifoda etish uchun o‘yinchoqlarini sindirishni boshlashlari mumkin.
5. Salomatlik bilan bog‘liq muammolar. Televizor oldida ko‘p vaqt o‘tkazish bolaning semirishiga yoki noto‘g‘ri ovqatlanish odatlarini shakllantirishlari mumkin.
Bolangiz zo‘ravonlikka undaydigan multfilm qahramonini o‘ziga rol model qilib olganmi? Ular virtual superqahramonlarga haddan tashqari qaram bo‘lib qolganmi? Multflimlarni tomosha qilishning salbiy ta’sirlarini qanday yengish bo‘yicha ba’zi foydali maslahatlar bilan bo‘lishamiz:
1. Bolalarni ko‘proq ochiq havoda sayr qildirish, ular bilan do‘stlashish yoki ularning do‘sti bo‘lishga yordam bering. Velosiped, futbol, kriket kabi yangi sport turlari bilan tanishtirish ularga tashqariga chiqib o‘ynashga yordam berishi mumkin. Agar bolalaringiz raqs, musiqa yoki san’at kabi boshqa mashg‘ulotlarga qiziqsa, darslar va qo‘shimcha mashg‘ulotlar yaxshi natija beradi, bu ularni qiziqtiradi va shu bilan birga ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi.
3. Ular bilan birga multflimlarni tomosha qiling. Bolalaringiz bilan multflimlarni tomosha qilish orqali, ular nima tomosha qilayotganini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘lasiz, va bu ularning sevimli qahramonlari va multflimlari haqida suhbatlashish uchun ajoyib imkoniyat taqdim etadi.
4. Bolalarga multflim ko‘rsatishdan oldin, avval o‘zingiz ko‘rib chiqing. Bolalarga salbiy xulq-atvorni targ‘ib qilmaydigan va ta’limiy tomondan foydali bo‘lgan multflimlarni tomosha qilishni tavsiya qiling.
Shu kecha va kunduzda
AKADEMIYADA "TALABALAR BAHORI"
“Karyera kuni” mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi
Prezident Andijon aeroportida olib borilayotgan modernizatsiyalash ishlari bilan tanishdi
“FAVQULODDA VAZIYATLARDAN MUHOFAZA QILISH VA FUQARO MUHOFAZASI OYLIGI” DOIRASIDAGI TADBIR
OB-HAVO

0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank