Non ham kasallanadi(mi?)

Non ‒ dasturxon bezagi, to‘kinlik va barakat ramzi. Bundan tashqari, non madaniy va diniy ahamiyatga ham ega. Shu bois azal-azaldan eng aziz ne’matlar qatorida ulug‘lanib keladi.
Non haqida qiziqarli rivoyatlar-u, hikmatli gaplarni o‘qib yakuniga yetkaza olmaganimiz qancha. Biroq bu xabarni oxirigacha o‘qishingizni tavsiya qilaman.
Bir necha omillarga ko‘ra, non sifati buzilishi mumkin. Jumladan, nam va issiq sharoitda 4-5 kun saqlanganda unda mog‘or va bakteriyalar paydo bo‘ladi. Nondagi un, suv yoki boshqa tarkibiy qismlar gigiyenik talabga javob bermasa, iste’molga yaroqsizlanish jarayoni tezlashadi. Qolaversa, mog‘orlagan nonni iste’mol qilish oqibatida oshqozon-ichak kasalliklari va zaharlanish holatlari kuzatilishi mumkin.
Agar nonni uzoq muddat sifatli saqlamoqchi bo‘lsangiz, quyidagi choralarni ko‘rish tavsiya qilinadi:
- quruq va salqin joyda saqlang;
- jarayonda havo o‘tkazmaydigan idishlardan foydalaning (plastik yoki shisha idishlar nondagi namlikni ushlab turish va mikroorganizmlar tarqalishining oldini olishga yordam beradi).
Demak, non ham kasallanadi, ya’ni sifatini yo‘qotib, mikroorganizmlar ta’siriga uchrashi mumkin. Sog‘lom turmush tarzi uchun non sifati, to‘g‘ri saqlanishi va uning iste’molga yaroqlilik muddatiga e’tiborli bo‘ling.
Mahbuba BERDIMURODOVA,
O‘zDJTU talabasi
Shu kecha va kunduzda
OTMlarda jinoyatchilik statistikasi eʼlon qilindi
Fitch agentligi Toshkentning kredit reytingini qayta tikladi
“Yangi O‘zbekiston” universitetida tibbiyot fakulteti tashkil etiladi
Xalqaro hamkorlik loyihasi doirasida 58 ta maktab quriladi
OB-HAVO

0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank