Oliy attestatsiya komissiyasi I chorak hisobotiga doir Matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 25 iyuldagi «Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni ijrosi bo‘yicha Oliy attestatsiya komissiyasiIchorak hisobotiga doir Matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Xabaringiz bor mamlakatimizda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar attestatsiyasi tizimini takomillashtirish borasida muhim islohotlar amalga oshirilmoqda. Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tomonidan tizimda ortiqcha byurokratiya holatlari yo‘l qo‘ymaslik maqsadida jarayonlar raqamlashtirilib, ochiqlik va shaffoflik ta’minlab kelinmoqda.
2026-yilning dastlabki uch oyida 1081 nafar tadqiqotchiga falsafa doktori (PhD) va 192 nafariga fan doktori (DSc) ilmiy darajalari berildi. Shuningdek, 652 nafar talabgor ilmiy unvonlarga tasdiqlandi, jumladan 483 nafari dotsent, 133 nafari professor va 36 nafari katta ilmiy xodim unvonini oldi.
Xorijiy davlatlarda berilgan 26 ta ilmiy daraja diplomi nostrifikatsiya qilinib, yana 18 ta PhD diplomi to‘g‘ridan-to‘g‘ri fan doktori sifatida tan olindi.
Komissiya tomonidan hisobot davrida fuqarolarning 99 ta murojaati ko‘rib chiqilib, ularning barchasiga o‘z vaqtida javob berilib, shuningdek hududlarda o‘tkazilgan uchrashuvlarda 3,4 mingdan ortiq ilmiy jamoatchilik vakillari ishtirok etgan.
OAK kelgusida ham tizim samaradorligini oshirish va ijro intizomini mustahkamlash yo‘lida ishlarni izchil davom ettirmoqda.
Shu kecha va kunduzda
Oliy attestatsiya komissiyasi I chorak hisobotiga doir Matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Tomorqadan bozorga: yangi platforma dehqon daromadini oshirishga qaratilgan
KARIM BAHRIYEV: MATBUOTNING ULUG‘ XIZMATI ROSTINI YOZISHIDIR ASSALOMU ALAYKUM, MAHORAT BILAN BIRGA JASORATNI O‘RGANAYOTGAN JURNALIST DO‘STIM!
“Xalqaro bolalar kitobi kuni”
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank
Mavzuga doir
Tomorqadan bozorga: yangi platforma dehqon daromadini oshirishga qaratilgan
KARIM BAHRIYEV: MATBUOTNING ULUG‘ XIZMATI ROSTINI YOZISHIDIR ASSALOMU ALAYKUM, MAHORAT BILAN BIRGA JASORATNI O‘RGANAYOTGAN JURNALIST DO‘STIM!
“Xalqaro bolalar kitobi kuni”