Qurib, topshirilganiga 15 kun bo‘lgan edi...
Jizzax viloyati Baxmal tumani Mustaqillik mahallasidagi 48-maktab hududida qurilgan sun’iy qoplamali maydonchaning tom qismi qulab tushdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu maskan tashabbusli budjet doirasida bundan atigi 15 kun oldin qurib, topshirilgan.
Holat bo‘yicha “Yagona buyurtmachi xizmati” DUK quyidagicha rasmiy munosabat bildirdi:
“Mazkur obyekt Jizzax viloyati hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” DUK buyurtmachiligida hamda “Suvinshoot qurilish loyiha” MCHJ pudratchiligida qurilgan bo‘lib, loyihaning shartnoma qiymati 1 milliard 190 million so‘mni tashkil etgan.
Dastlabki o‘rganish natijalariga ko‘ra, stadion tom qismining qulab tushishiga kuchli tabiiy ofat – shamol va qalin qor yog‘ishi sabab bo‘lgan.
Holat yuzasidan buyurtmachi va pudratchi tashkilotlar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda”.
Shu kecha va kunduzda
Pedagoglarning kontraktda o‘qiyotgan farzandlariga beriladigan 30 foizlik chegirmani olish uchun ariza berish boshlandi
DAVLAT MAKTABLARIDAGI PULLIK SINFLAR: QO‘SHIMCHA IMKONIYATMI YOKI TA’LIMDAGI TABAQALANISH? (Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-apreldagi 343-qarori va uning ijrosi borasida mulohazalar)
ISH BERUVCHILAR QANDAY MUTAXASSIS IZLAYAPTI?
Yangi iqtisodiy model: yuqori texnologiya, mehnat unumdorligi va inson kapitali
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank