Toshkentdagi xususiy bog‘chada tarbiyachi 2 yoshli qizni yuziga jarohat yetkazgan

Dolzarb mavzu Toshkentdagi xususiy bog‘chada tarbiyachi 2 yoshli qizni yuziga jarohat yetkazgan
52

Ijtimoiy tarmoqlarda Olmaliq shahar Uvaysiy MFY da joylashgan “Neo kids” nomli maktabgacha ta’lim tashkilotida kichik yoshdagi bolaga nisbatan shafqatsiz tarzda tan jarohati yetkazilgani haqida xabarlar tarqaldi.


Holat yuzasidan 2025-yil 17-iyul kuni Olmaliq shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan o‘rganish ishlari olib borilgan.


Aniqlanishicha, ko‘rsatilgan manzilda davlat ro‘yxatidan o‘tmagan, qo‘shimcha tarzda faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan o‘z-o‘zini band qilish shaklida faoliyat amalga oshirilgan va u tomonidan 6 nafar bolaga qarab turilgani ma’lum bo‘lgan.


‘‘Bugungi kunda “Neo Kids” MTT Olmaliq shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufida emas hamda nodavlat ta’lim tashkiloti sifatida ro‘yxatga olinmagan.


Shuningdek, Olmaliq shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan  bolaning ahvoli o‘rganilib, psixologik va yuridik xizmat ko‘rsatildi va bola chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun yo‘naltirildi.


Hozirgi kunda tadbirkorning faoliyati huquq-targ‘ibot organlari tomonidan o‘rganilmoqda’’, — deyiladi Olmaliq shahar hokimligi matbuot xizmati munosabatida.


Shuningdek, mazkur vaziyatni Bolalar ombudsmani o‘rganishni boshlagan.


 Joriy yilning 16-iyul kuni Toshkent viloyati Olmaliq shahrida joylashgan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchisi voyaga yetmagan 2 yoshli O.M (2023-yilda tugilgan qiz bola) bog‘cha tarbiyachisi Q.G tomonidan kaltaklanib, bolaning chap yuz qismiga jarohat yetkazilgan.


‘‘Hozirda ushbu holat yuzasidan Olmaliq shahar IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Voyaga yetmagan O.M ga yetkazilgan tan jarohati bo‘yicha sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan. Bola manfaatiga zid bunday harakatga nisbatan ko‘rilgan qonuniy choralar yuzasidan qo‘shimcha tarzda axborot beriladi.


Bolalar ombudsmani mazkur ish yurituvi yuzasidan o‘z kuzatuvini davom ettiradi’’, — deyiladi xabarda.

Maqola muallifi

Muxbirlarimiz

Muxbirlarimiz

"Ma'rifat" muxbiri

Teglar

  • #Zamon va makon

Ulashish