BIR SAFAR − MING ILHOM: KOREYA TA’LIMIDAN TAASSUROTLAR
Koreyada ta’lim juda tizimli yo‘lga qo‘yilgan. Eng avvalo, pedagog shaxsiga bo‘lgan hurmat e’tiboringizni tortadi. Bu yerda darslar o‘yin, tajriba va muloqot asosida tashkil etiladi. Ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim bosqichida o‘quvchilarni zeriktirmaslikka alohida e’tibor qaratiladi. O‘yin texnologiyalari, jamoaviy ishlash, rolga kirish orqali o‘quvchilar yangi ma’lumotlarni oson va mustahkam o‘zlashtiradi.
Bu yondashuv menga darsni faqat mavzu tushuntirish emas, balki quvonchli jarayon sifatida tashkil etish mumkinligini yana bir bor isbotladi. Shuningdek, Koreyada o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida samimiy munosabat hukm surishiga guvoh bo‘lasiz. O‘quvchi xato qilishdan qo‘rqmaydi, o‘z fikrini erkin bildiradi. Pedagog esa tanqid qilishdan ko‘ra yo‘naltiradi, rag‘batlantiradi. Bu muhitda bola o‘zini erkin his qiladi va ta’lim jarayonida faol bo‘ladi.
"Ma'rifat" gazetasining 2026-yil 18-fevral sonidan olindi
Shu kecha va kunduzda
BIR SAFAR − MING ILHOM: KOREYA TA’LIMIDAN TAASSUROTLAR
ГЕОМАЪНАВИЙ ХАВФСИЗЛИК
“MA’RIFAT” – HAR BIR USTOZNING MEHNATIDA YASHAYDI
Kibersavodxonlik – eng zarur himoya
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank