Xalq xotirasida yashayotgan siymolar
XX asr tarixi xalqimiz uchun quvonchli yutuqlar bilan birga, og‘ir sinovli davrlarni ham o‘z ichiga oldi. O‘sha davrlarning eng qayg‘uli sahifalaridan biri – siyosiy ta’qiblar va qatag‘onlar davri bo‘ldi. Bu yillarda minglab insonlar nohaq ayblanib, qamaldi, mehnat lagerlariga jo‘natildi, ayrimlari esa otuvga hukm qilindi. Qatag‘onlar jamiyatning turli qatlamlarini, jumladan, davlat xizmatchilarini, ilm-fan va madaniyat namoyandalarini, yozuvchi-shoirlarni, din arboblari va ziyolilarni qamrab oldi. Qoraqalpog‘iston ham bu qayg‘uli davrdan chetda qolmadi. 1930-1936-yillarda hududda siyosiy ta’qiblar kuchayib, davlat boshqaruvi, ilm-fan, madaniyat va boshqa sohalarda xizmat qilgan ko‘plab odamlar qatag‘onga uchradi.
Tadqiqotlarda Qoraqalpog‘istonning deyarli barcha
soha qatlami orasidan ko‘p zamondoshlarimiz o‘sha yillarda qatag‘onga uchragani
ko‘rsatiladi. Bugungi kunda qatag‘on qurbonlarining nomlarini tiklash, ularning
hayoti va faoliyati haqidagi ma’lumotlarni to‘plash bo‘yicha katta ishlar olib
borilmoqda. Muzeylar va xotira maydonlari, bu insonlar haqida tadqiqotlar olib
borilib, kitoblari chop etilyapti. Qatag‘on qurbonlarini xotirlash – ularni
nafaqat yod etish, balki xalqimizning yosh avlodlariga yetkazishda muzey,
madaniyat sohasi, kutubxonalarda ko‘rgazmalar, xotira kechalari va bibliografik
sharhlar o‘tkazish eng yaxshi usullardan biridir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyuldagi “Siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan vatandoshlarimizning hayot yo‘lini o‘rganish, targ‘ib qilish va ularning xotirasini abadiylashtirish dasturidagi ishlarni kengaytirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan har yili oktabr oyining birinchi haftasini mamlakatimizda Siyosiy qatag‘on qurbonlarini yod etish haftaligi sifatida belgilash belgilangan. Shu qaror asosida Respublika Bolalar kutubxonasida uchrashuv kechasi o‘tkazildi.
Unda Respublika Bolalar kutubxonasi mutaxassislari ishtirok etdi. Kechada mamlakatimizda siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan vatandoshlarimiz hayoti, ularning tarixdagi o‘rni va xotirasini abadiylashtirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratilayotgani aytildi. “Xalq xotirasida yashayotgan siymolar” nomli kitob ko‘rgazmasida joylashtirilgan adabiyotlar bilan tanishtirildi. Uchrashuv ishtirokchilar uchun mazmunli va foydali bo‘ldi.
Sayora SAPARNIYAZOVA,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bolalar kutubxonasi
Ma’lumot va bibliografiya bo‘limi sektori xodimi
Shu kecha va kunduzda
Xalq xotirasida yashayotgan siymolar
Pedagoglarning kontraktda o‘qiyotgan farzandlariga beriladigan 30 foizlik chegirmani olish uchun ariza berish boshlandi
DAVLAT MAKTABLARIDAGI PULLIK SINFLAR: QO‘SHIMCHA IMKONIYATMI YOKI TA’LIMDAGI TABAQALANISH? (Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-apreldagi 343-qarori va uning ijrosi borasida mulohazalar)
ISH BERUVCHILAR QANDAY MUTAXASSIS IZLAYAPTI?
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank
Mavzuga doir
Pedagoglarning kontraktda o‘qiyotgan farzandlariga beriladigan 30 foizlik chegirmani olish uchun ariza berish boshlandi
DAVLAT MAKTABLARIDAGI PULLIK SINFLAR: QO‘SHIMCHA IMKONIYATMI YOKI TA’LIMDAGI TABAQALANISH? (Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-apreldagi 343-qarori va uning ijrosi borasida mulohazalar)