Xalq xotirasida yashayotgan siymolar

Jarayon Xalq xotirasida yashayotgan siymolar
42

XX asr tarixi xalqimiz uchun quvonchli yutuqlar bilan birga, og‘ir sinovli davrlarni ham o‘z ichiga oldi. O‘sha davrlarning eng qayg‘uli sahifalaridan biri – siyosiy ta’qiblar va qatag‘onlar davri bo‘ldi. Bu yillarda minglab insonlar nohaq ayblanib, qamaldi, mehnat lagerlariga jo‘natildi, ayrimlari esa otuvga hukm qilindi. Qatag‘onlar jamiyatning turli qatlamlarini, jumladan, davlat xizmatchilarini, ilm-fan va madaniyat namoyandalarini, yozuvchi-shoirlarni, din arboblari va ziyolilarni qamrab oldi. Qoraqalpog‘iston ham bu qayg‘uli davrdan chetda qolmadi. 1930-1936-yillarda hududda siyosiy ta’qiblar kuchayib, davlat boshqaruvi, ilm-fan, madaniyat va boshqa sohalarda xizmat qilgan ko‘plab odamlar qatag‘onga uchradi.


Tadqiqotlarda Qoraqalpog‘istonning deyarli barcha soha qatlami orasidan ko‘p zamondoshlarimiz o‘sha yillarda qatag‘onga uchragani ko‘rsatiladi. Bugungi kunda qatag‘on qurbonlarining nomlarini tiklash, ularning hayoti va faoliyati haqidagi ma’lumotlarni to‘plash bo‘yicha katta ishlar olib borilmoqda. Muzeylar va xotira maydonlari, bu insonlar haqida tadqiqotlar olib borilib, kitoblari chop etilyapti. Qatag‘on qurbonlarini xotirlash – ularni nafaqat yod etish, balki xalqimizning yosh avlodlariga yetkazishda muzey, madaniyat sohasi, kutubxonalarda ko‘rgazmalar, xotira kechalari va bibliografik sharhlar o‘tkazish eng yaxshi usullardan biridir.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyuldagi “Siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan vatandoshlarimizning hayot yo‘lini o‘rganish, targ‘ib qilish va ularning xotirasini abadiylashtirish dasturidagi ishlarni kengaytirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan har yili oktabr oyining birinchi haftasini mamlakatimizda Siyosiy qatag‘on qurbonlarini yod etish haftaligi sifatida belgilash belgilangan. Shu qaror asosida Respublika Bolalar kutubxonasida uchrashuv kechasi o‘tkazildi.


Unda Respublika Bolalar kutubxonasi mutaxassislari ishtirok etdi. Kechada mamlakatimizda siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan vatandoshlarimiz hayoti, ularning tarixdagi o‘rni va xotirasini abadiylashtirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratilayotgani aytildi. “Xalq xotirasida yashayotgan siymolar” nomli kitob ko‘rgazmasida joylashtirilgan adabiyotlar bilan tanishtirildi. Uchrashuv ishtirokchilar uchun mazmunli va foydali bo‘ldi.

Sayora SAPARNIYAZOVA,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bolalar kutubxonasi

Ma’lumot va bibliografiya bo‘limi sektori xodimi

Maqola muallifi

Muxbirlarimiz

Muxbirlarimiz

"Ma'rifat" muxbiri

Teglar

  • #Ta'lim

Ulashish