Maktab psixologlari qancha oylik oladi?

Jarayon Maktab psixologlari qancha oylik oladi?
51

Butun dunyoda maktab psixologlari o‘quvchilarning ruhiy salomatligi va ta’lim samaradorligini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Shu sababli ularning malakasi, ishlash sharoiti va maoshiga katta e’tibor qaratiladi. Maktab psixologlarining oyliklari mamlakat iqtisodi­yoti va mutaxassisning ish tajribasiga qarab farq qiladi: AQSHda oyiga o‘rtacha 7–11 ming dollar, Shvetsiyada 4–5 ming dollar, Singapurda 7 500 dollar, BAAda 3 800 dollar, O‘zbekistonda esa o‘rtacha 3-4 million so‘m atrofida. 


Ma’lumki, Finlandiya PISA reytinglarida yetakchi o‘rinlarni egallaydi, ya’ni uning ta’lim tizimi dunyodagi eng sifatlilaridan biri. Bu mamlakatda ham psixologik xizmat maktab tuzilmasining majburiy elementi sifatida tashkil etilgan. Maktab psixologlari o‘quvchilarning individual ehtiyojlarini aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash va o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda faol ishtirok etadi. Ularning o‘rtacha oylik maoshi 4-5 ming dollarni tashkil etadi. 


Maqola muallifi

Muxbirimiz

Muxbirimiz

Jurnalist

Teglar

  • #Ta'lim
  • #Yoshlar
  • #Gazeta

Ulashish