"Mo‘jizakor qo‘llar" maktab hovlisini bezadi

Kasbim – faxrim "Mo‘jizakor qo‘llar" maktab hovlisini bezadi
46

Qorako‘l ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Eco-Schools Uzbekistan" loyihasi doirasida ekologik madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan bir qator amaliy tadbirlar tashkil etildi.


Tadbirlar davomida maktabning "Green Gen" jamoasi a’zolari va pedagoglar hamkorligida hududga daraxt ko‘chatlari ekilib, yashil maydonlar kengaytirildi. Shuningdek, foydalanishdan chiqqan avtomobil balonlari qayta ishlanib, gul tuvaklariga aylantirildi hamda ular bilan maktab hovlisi obodonlashtirildi.




Loyiha doirasida tumandagi 2-son umumta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘rtasida "Chiqindiga yangi hayot – Mo‘jizakor qo‘llar" nomli ijodiy ko‘rgazma ham o‘tkazildi. Unda o‘quvchilar plastik idishlar, karton, rangli qog‘oz va boshqa ikkilamchi xomashyolardan turli bezak buyumlari va maketlar tayyorlab, o‘z ijod namunalarini namoyish etdilar.




Mazkur tadbirlar orqali o‘quvchilarda tabiatni asrash, chiqindilarni qayta ishlash va ekologik madaniyatni shakllantirishga bo‘lgan qiziqish yanada mustahkamlandi.

Mohinur HAMROQULOVA,
Qorako‘l ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘qituvchisi

Maqola muallifi

O‘qituvchi

O‘qituvchi

Oʻqituvchi

Teglar

  • #Ta'lim
  • #Yoshlar
  • #Gazeta

Ulashish