USTOZGA EHTIROM — SHOGIRDLARGA IBRAT
Ehtirom
45
Tadbirda tuman nuroniylar kengashi rahbari Ibodulla Mustafoyev, Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi raisi G‘ofur Aliyev, tuman hokimi o‘rinbosari Madamin Abdullayev, tuman Ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi rahbari Ma’rufjon Mahmudov, maktab direktori Qodir Egamberdiyev va ustozning hamkasblari, shogirdlari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbir avvalida ustozning hayot yo‘li, pedagogik faoliyati va ta’lim sohasiga qo‘shgan hissasini aks ettiruvchi videolavha namoyish etildi. Unda Toshmamat Egamberdiyevning ko‘p yillik mehnat faoliyati, ustozlik maktabi va shogirdlari bilan bog‘liq xotiralar o‘z ifodasini topdi.
Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar ustozning yuksak pedagogik mahorati, fidoyiligi va kasbiga bo‘lgan sadoqatini alohida e’tirof etdilar. Xususan, uning maktab direktori sifatida faoliyat yuritgan davrida ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilar bilimini mustahkamlash va yoshlarning kelajakda munosib o‘rin egallashi yo‘lida amalga oshirgan ishlari haqida iliq fikrlar bildirildi.
Shuningdek, Toshmamat Egamberdiyevning o‘quvchilarni test sinovlariga tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yishdagi tashabbuslari, repetitorlik kurslarini tashkil etib, yoshlarning bilim va salohiyatini oshirishga qo‘shgan hissasi ham alohida ta’kidlandi.
Ustozning hamkasblari Sa’dulla Beknazarov, Muhabbat Qarshiyeva va Safiya To‘rayeva o‘z xotiralari bilan o‘rtoqlashib, uning insoniy fazilatlari, kasbiy tajribasi hamda ta’lim yo‘lidagi fidokorona mehnati haqida so‘z yuritdilar.
Turli vazirlik va idoralarda faoliyat yuritayotgan shogirdlari esa ustozning hayotlarida tutgan o‘rni, bergan saboqlari va kasbiy shakllanishlariga ko‘rsatgan ta’sirini minnatdorlik bilan yodga oldi. Ayniqsa, Toshmamat Egamberdiyevning nemis tilidan bergan saboqlari, murakkab grammatik qoidalarni ham sodda, tushunarli va esda qolarli tarzda o‘rgatish mahorati alohida e’tirof etildi.
Tadbirning badiiy qismida ustoz sharafiga she’rlar o‘qilib, dilga yaqin kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Samimiy muloqot davomida Toshmamat Egamberdiyev o‘zining ko‘p yillik pedagogik tajribasi bilan o‘rtoqlashib, yoshlarga ilm olish, kasbga sadoqatli bo‘lish va hayotda doimo izlanishda davom etish yuzasidan qimmatli maslahatlarini berdi.
Yakunida ustozga tashakkurnoma, guldasta va esdalik sovg‘alari topshirildi. Ishtirokchilar bilan birgalikda esdalik suratiga tushildi.
Mazkur uchrashuv ustoz va shogird o‘rtasidagi mehr-oqibat, ehtirom va ma’naviy vorislik rishtalarini yanada mustahkamlash, fidoyi pedagoglarning ibratli hayot yo‘lini yosh avlodga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Shu kecha va kunduzda
USTOZGA EHTIROM — SHOGIRDLARGA IBRAT
Ehtirom
QO‘SHIMCHA TA’LIMMI YOKI PEDAGOGIK YORDAM: CHEGARANI QAYERDAN BELGILAYMIZ?
Dolzarb mavzu
Xalq xotirasida yashayotgan siymolar
Jarayon
Pedagoglarning kontraktda o‘qiyotgan farzandlariga beriladigan 30 foizlik chegirmani olish uchun ariza berish boshlandi
Bugunning gapi
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank
Mavzuga doir
Mutaxassis minbari
Dolzarb mavzu
Jarayon
Bugunning gapi
DAVLAT MAKTABLARIDAGI PULLIK SINFLAR: QO‘SHIMCHA IMKONIYATMI YOKI TA’LIMDAGI TABAQALANISH? (Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-apreldagi 343-qarori va uning ijrosi borasida mulohazalar)
QO‘SHIMCHA TA’LIMMI YOKI PEDAGOGIK YORDAM: CHEGARANI QAYERDAN BELGILAYMIZ?
Xalq xotirasida yashayotgan siymolar