BRITANIYA OLIMLARI ANTIBIOTIKLAR XAVFIDAN XAVOTIRDA

Dolzarb mavzu BRITANIYA OLIMLARI ANTIBIOTIKLAR XAVFIDAN XAVOTIRDA
110

— Kelgusi 40 yil ichida dunyo boʻylab 25 millionga yaqin odam antibiotiklar natijasida oʻlishi mumkin, — deydi Angliyaning sobiq bosh tibbiyot xodimi Sally Devis jurnalistlarga bergan intervyusida.

— Har yili mikroblarga chidamlilik tarqalishi tufayli bir millionga yaqin odam vafot etadi va keyingi 25 yil ichida bu raqam yanada ortadi. Bu juda qoʻrqinchli, — dedi shifokor.


Olimlarning fikriga koʻra, 2050-yilga kelib mikroblarga qarshilik koʻrsatolmaslik oqibatida oʻlim darajasi ikki baravar oshadi. Xususan, keyingi 25 yil ichida superbakteriyalar paydo boʻlishi sababli qariyb 40 million kishi vafot etadi, keksalar esa xavf ostida boʻlishadi.

Sally Devisning ta'kidlashicha, 70 yoshdan oshgan odamlar orasida oʻlim darajasi 1990-yildan beri 80 foizga oshgan. Chunki yoshi oshgani sayin surunkali kasalliklardan aziyat chekadigan odamlar koʻproq bakteriyalarning yangi turlariga nisbatan zaifroq boʻlishadi.

Maqola muallifi

Muxbirimiz

Muxbirimiz

Jurnalist

Teglar

  • #Kimyo
  • #Biologiya
  • #Akademiya

Ulashish