Volfgang Amadey Motsartning haqiqiy qiyofasi tiklandi

“Anthropological Review” xabar berishicha, olimlar bastakor Motsartning bosh suyagi asosida qayta ishlab, haqiqiy portret qiyofasini tiklashgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bastakorning hayotlik davrida chizilgan portretlari juda kam, mavjud bo‘lganlari esa bir-biridan tubdan farq qiladi. Ba’zilari uning vafotidan so‘ng chizilgan. Shu sababdan tarixchilar ko‘p yillar davomida Mosartning asl qiyofasi qanday bo‘lganini aniqlashga harakat qilgan.
Tadqiqotchilar uning bosh suyagiga asoslanib, braziliyalik sud tibbiyoti rekonstruksiya mutaxassisi Sisero Morais va uning jamoasi Motsartning yuz tuzilishini qayta tasvirlagan. Yetishmayotgan pastki jag‘ va tishlar grafik yordamida tiklangan, so‘ngra yuzning yumshoq to‘qimalari yevropaliklarning tashqi ko‘rinishiga moslashtirib shakllantirilgan.
Bundan tashqari, anatomik deformatsiya usuli qo‘llanilib, virtual donor bosh suyagi Motsartga tegishli deb hisoblangan suyak o‘lchamlariga moslashtirilgan. Qayta tiklash yakunida model bastakorning davriga mos liboslar va klassik soch turmagiga joylashtirilgan.
Natijada olingan qiyofa Mosartning hayotlik davrida chizilgan ikki mashhur portretiga – Yozef Lange (1783) tomonidan ishlangan tugallanmagan rasm hamda Dora Shtok (1789) eskiziga juda o‘xshash bo‘lib chiqqan.
Shu kecha va kunduzda
Xalqaro hamkorlik
Rasman: maktabdagi so‘nggi 6 yillik o’rtacha baholar test sinovlari baliga qo‘shilmaydigan bo‘ldi
📊 Ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi 8,9 % ga oshgan
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
OB-HAVO

0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank