O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasida maktab ta’limi sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirildi

Toshkent viloyati hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Otabek Sultonbekov boshchiligidagi delegatsiya Malayziyaga safari davomida Kuala-Lumpur shahridagi UCSI xalqaro maktabi faoliyati bilan tanishdi.
Tashrif davomida UCSI xalqaro maktablar tarmog‘i bosh ijrochi direktori Villi Tan va Kuala-Lumpur shahridagi UCSI xalqaro maktabi direktori Iain Sleyd bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasida maktab ta’limi sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish, o‘qituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Xorij tomoniga so‘nggi yillarda O‘zbekistonda barcha jabhalarda, shu jumladan maktabgacha va maktab ta’limi sohasida olib borilayotgan islohotlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Respublikada o‘zaro hamkorlikda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan loyihalarni kelajak istiqbollarini muhokama qilish va bu borada mavjud imkoniyatlar bilan tanishish maqsadida UCSI xalqaro maktabi rahbariyati yaqin kelajakda mamlakatga tashrif buyurish bo‘yicha taklifni ijobiy qabul qildi.
Shuningdek, Xalqaro maktabga tashrif davomida O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari bu yerda o‘quvchilar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Jasmina AXMEDOVA,
OʻzJOKU talabasi
Shu kecha va kunduzda
YANA ATTESTATSIYA HAQIDA – 3 yoxud taʼlimga tutilgan ko‘zgu...
Bayram kuni Toshkent metrosi vaqtincha bepul xizmat ko‘rsatadi
AGAR USMON NOSIR YANA ELLIK YIL YASHASA, NIMA BO‘LARDI?
Qaysi oliygohda o‘qishni xohlaysiz?
OB-HAVO

0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank