USTOZ IBRATI – ILM VA INSONPARVARLIK TIMSOLI

Ehtirom USTOZ IBRATI – ILM VA INSONPARVARLIK TIMSOLI
106

Bugungi kunda metabolik sindrom butun dunyo miqyosida tibbiyot fanining eng dolzarb muammolaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda.

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (BJSST) ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu sindrom tarqalish sur’ati va o‘lim holatlari bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarga ega global tibbiy-ijtimoiy muammo hisoblanadi.


Ayniqsa, ayollarda menopauzadan oldingi va keyingi davrlarda metabolik sindromni aniqlash, klinik belgilari va diagnostika mezonlarini chuqur o‘rganish, differensial yondashuv asosida davolash yo‘llarini topish bugungi tibbiyot fanining ustuvor yo‘nalishlaridandir.

Shu yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan professor, tibbiyot fanlari doktori Nurxon Muhamedova ilmiy izlanishlari bilan zamonaviy tibbiyot fanining rivojiga ulkan hissa qo‘shmoqda.


Uning “Ayollarda menopauzadan oldingi va keyingi davrda metabolik sindrom tashxisiga differensial yondashuv” mavzusidagi doktorlik (DSc) dissertatsiyasi hozirda nafaqat dolzarb, balki bevosita amaliyotda qo‘llanilayotgan ilmiy ishlanmalardan biridir.

Dunyo miqyosida ortiqcha vazn va semizlik holatlari global epidemiyaga aylangan bir davrda, professor N.Muhamedovaning ilmiy qarashlari va izlanishlari nafaqat nazariy, balki amaliy ahamiyatga ham ega. “Xalqaro abdominial semizlikni baholash kuni” doirasida olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan insonlarning 24 foizi erkaklar, 27 foizi ayollar semizlikdan, yana 40 foizi erkaklar va 30 foizi ayollar ortiqcha vazndan aziyat chekmoqda.


Taxminlarga ko‘ra, 202-yilga borib bu ko‘rsatkich ikki baravar oshadi. Shunday og‘ir sharoitda metabolik sindromga olib keluvchi neyrogumoral, vegetativ va yallig‘lanish omillarini chuqur o‘rganish hamda ularga qarshi samarali differensial terapiya yondashuvlarini ishlab chiqish – bugungi tibbiyotning asosiy yo‘nalishlaridan biri sanaladi.


Nurxon Muhamedova  aynan mana shu dolzarb masalalarga ilmiy asoslangan, chuqur, amaliy yechimlar taklif etgan olimalardan biridir.

U 100 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar, 4 ta darslik, 4 ta uslubiy tavsiyanoma, 3 ta monografiya, bir nechta ixtirolar patenti va 10 ga yaqin DGU/BGUlar uchun yaratilgan o‘quv dasturlari muallifi. Bundan tashqari, 30 dan ortiq o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar bilan tibbiyot ilmiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.


Uning darslari doimo qiziqarli, dolzarb, amaliy bilimga boy bo‘lib, talabalar tomonidan intiq kutiladi. Har bir mashg‘ulotda u nafaqat tibbiy bilim, balki hayotiy saboq, insoniylik va kasbiy axloq-odobni ham o‘rgatadi.


N.Muhamedova xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy jurnallarda faol muharrirlik qiladi, yoshlarning qalbida ilmga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otib, ularni tibbiyotga mehr bilan yo‘naltiradi.


Ustozimiz 20 dan ortiq bakalavr talabalariga, 10 nafar magistrantga va 2 nafar fan nomzodiga ilmiy rahbarlik qilgan. Shogirdlari Talabalar ilmiy jamiyatining ko‘rik tanlovlarida, respublika va xalqaro fan olimpiadalarida faol ishtirok etib kelmoqda.


O‘ktam Nazarov 


Maqola muallifi

Muxbirimiz

Muxbirimiz

Jurnalist

Teglar

  • #Talaba
  • #O‘quvchi
  • #Ustoz

Ulashish