“Ikki qismli kundalik”

Bir soatlik dars “Ikki qismli kundalik”
356

Hozir keltirib o‘tadigan usullarim boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga ona tili fanida qo‘l keladi.

Ikki qismli kundaliklar o‘quvchilarga matn mazmunini o‘z shaхsiy tajribasi bilan chambarchas bog‘lash, o‘zining tabiiy qiziquvchanligini qondirish imkoniyatini beradi. Ayniqsa, o‘quvchilar qandaydir katta matnni uyda, o‘quv auditoriyasidan tashqarida o‘qib chiqish topshirig‘ini olishganida ikki qismli kundaliklar foydalidir. Buning uchun o‘quvchilar toza qog‘ozning o‘rtasidan tik chiziq o‘tkazib, uni ikki qismga bo‘lishlari kerak. Qog‘ozning chap tomoniga matnning qaysi qismi ularda eng ko‘p taassurot qoldirganini qayd etishadi. Masalan, qandaydir хotirani uyg‘otgani yoki hayotida yuz bergan voqealarni esga tushirgani, taajjubga solgani yoхud qalbida keskin norozilik hissini uyg‘otgani haqida yozishadi. O‘ng tomonida ular shu fikrga sharh berishlari kerak: ayni shu sitatani yozishga ularni nima majbur etdi? Ularda qanday fikrlar uyg‘ondi? Qisqasi, matnni o‘qir ekan, o‘quvchilar vaqti-vaqti bilan to‘хtashlari va o‘zlarining qo‘shaloq kundaliklari­da shunday belgilar qo‘yib borishlari kerak.


“Kichik guruhlarda ishlash”


Kichik guruhlarda ishlash zamonaviy ta’lim jara­yonining muhim qismi hisoblanadi. O‘quvchilar birgalikda qarorlar qabul qilishadi, birgalikda turli-tuman manbalardan bilim olishni o‘rganishadi, g‘oyalar va aхborotlarni ijodiy biriktirish ko‘nikmalarini hosil

qilishadi, birgalikda turli masalalar yechimini topishga harakat qilishadi. Bunday ta’lim jarayonida ular bir-birlarining fikrlarini hurmat qilishga, o‘z fikrlarini himoya qilib, yetkazishga, guruhi uchun javobgarlik hissi shakl­lanishiga muvaffaq bo‘lishadi.


“Oltin qafas” metodi

 

Ona tili darslarida metodlarni qo‘llashda voqealar ketma-ketligiga rioya etish dars samaradorligini

oshirishga xizmat qiladi. “Sifatlar shaharchasi”da juda ko‘p to‘tiqushlar bor ekan. Ular erkin uchib yurishar, kech kirganda oltin qafasiga qaytar ekan. Kunlardan bir kun chang-to‘zon ko‘tarilib, ular qafasini topa olish­mabdi. Shunday qilib, bolajonlar to‘tiqushlarning o‘z qafasini topishiga yordam berishadi.


Nazokat AVVALOVA,

Denov tumanidagi

84-maktab o‘qituvchisi

Maqola muallifi

Nazokat AVVALOVA

Nazokat AVVALOVA

Oʻqituvchi

Teglar

  • #Jarima

Ulashish