JADIDLAR
Alpomish avlodi, Temur o‘g‘loni,
Qalbida millatning shavkati, shoni,
Buyuk Turkistonning uyg‘oq vijdoni,
Vatan ertasini ko‘zlar jadidlar.
Siz mash’al yulduzsiz, ko‘kda porlagan,
Millatni birlikka doim chorlagan,
Ijtihod, islohga umrin bog‘lagan,
Ma’rifat mehvari, uyg‘oq jadidlar.
Turkiston birligi oliy saodat,
Til bilan yuksalur, albatta, millat,
Ma’rifat nuri-la ketar jaholat,
Behbudiydek sizni kutar jadidlar.
O‘tmasin yosh umring aslo besamar,
Isloh et, o‘zingni bergay tez samar,
Ijtihod etmasang, qolgung bebasar,
Munavvarqoridek o‘tar jadidlar.
Insonning shavkati ilm va adab,
E’tibor etmaydi hech naslu nasab,
Atfoli tarbiya takmilga sabab,
Avloniydek so‘zin aytar jadidlar.
Ko‘zgudir bu tarix, toza etgaydir,
Ibrat olsang butun umr yetgaydir,
Ilmu hunar ila darding ketgaydir,
Is’hoqxon To‘radek so‘zlar jadidlar.
Turma, o‘g‘lon, yugur, tinmagin – tirish,
Bukilmagin aslo, yuksalgin, kurash,
Qo‘rqma, yopish, tezroq marraga yetish,
Abdulhamid Fitrat bo‘zlar, jadidlar.
Otabek Kumushning muhabbatidan,
Anvarning “Qo‘rqinch bir jasorat”idan,
Yel yanglig‘ umrning ko‘p shiddatidan,
Qodiriy hikoya aylar, jadidlar.
Buzilgan o‘lkaning armoni manda,
Erk istab binafsha ochilar tanda,
Kishan kiyma, deya o‘tdim Vatanda,
Sulaymon Cho‘lpondek o‘ylar jadidlar.
O‘zbek sahnasida “Bahor” uyg‘ondi,
“Qora kunlar” o‘tib nahor uyg‘ondi,
Musiqiy ohangdan anhor uyg‘ondi,
G‘ulom Zafariydek kuylar jadidlar.
Siz Temur o‘g‘loni, Alpomish zoti,
Ko‘klarni ko‘zlagan Qo‘ng‘irot oti,
Yuksaling, qo‘llagay ul yakto Hodiy,
Ertamiz ishonchi farzand – jadidlar.
Nasiba BOZOROVA,
TDYU “O‘zbek tili va adabiyoti”
kafedrasi dotsenti
Shu kecha va kunduzda
KARIM BAHRIYEV: MATBUOTNING ULUG‘ XIZMATI ROSTINI YOZISHIDIR ASSALOMU ALAYKUM, MAHORAT BILAN BIRGA JASORATNI O‘RGANAYOTGAN JURNALIST DO‘STIM!
“Xalqaro bolalar kitobi kuni”
O‘zbekistonda ilk bor o‘zbek imo-ishora tili onlayn lug‘ati veb-sayti va mobil ilovasi ishlab chiqildi
M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali tashkil etilganiga 20 yil to‘ldi
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank