YASHIL BURSA OHANGLARI

Taassurot YASHIL BURSA OHANGLARI
140

Turkiya Jumhuriyati, Ayshad tashkiloti tomonidan 19—21-dekabr kunlari, go‘zal Bursa shahrida Oshiqlar, Sanʼat va madaniyat festivali bo‘lib o‘tdi.  


Turkiyaning turli viloyat tuman, chekka qishloqlarida ijod qilayotgan sozandalar, shoir va yozuvchilar ishtirok etdilar. Festival ikki kun ichida, shaharning ko‘zga ko‘ringan yerlariga ziyorat hamda turli sanʼat markazlarida ikki mahaldan sheʼr kechalari bo‘lib o‘tdi.  


Oshiqlarning soz chalib qo‘shiq aytishlari bizni o‘zbek bahshilarimizni eslatdi. Uzundan uzoq dostonlarni kuylab ko‘ngillarmizni hushnud etishdi. O‘zbekiston Respublikasi nomidan kamina O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Zilolabonu Xoliqova hamda Jurnalistlar uyushmasi aʼzosi Gulposha Yassaviy ishtirok etdik. 

 


Xalqaro festivallarda kamchilik va yutuqlarni ham ko‘rish bilan birga, O‘zbekistonda amalga oshirmiqchi bo‘lgan g‘oyalarim, loyihalarimda katta tajriba va turli do‘stlar ortirib, kelgusida hamkorlar bilan o‘lkamizda qilinishi kerak bo‘lgan ishlarni ham gaplashib olganim ruhimni ko‘tardi. 


Festival davomida ishtirokchilarga sertifikat hamda ayshad tashkilotining ramzi tushurilgan medallar bo‘ynimizga taqildi. 


Bursa va Go‘zal Turon sheʼrlarim katta sahnada yangradi.  

Kunduz kunlari biz borgan, Masjidlar, Turli sayilgoh parklarda gavjum insonlarni ko‘rib, Turkiya naqadar cheksiz go‘zal shaharligiga hayratim oshdi.  


Turistlarni o‘z bag‘riga chorlayotgan Tog‘lar bag‘rida yastangan Bursada sanʼatga sheʼriyatga muhabbat azaldan mavjuddir. 

Turkiyaning har bir viloyat tumanida  o‘zgacha taasurotlar olish mumkin.  


Festivalni tashkilotchilari, Shaziye Chelekler va Orhan Uyaniklarga katta rahmat. Turkiy dunyo sanʼatkorlari, shoirlarni bir yerga to‘planishiga har yili sababchi bo‘lmoqdalar.  

200 dan oshiq ijodkor ishtirok etgani uchun vaqt cho‘zilib tadbirlar tun yarmigacha davom etsada, barchaning ruhi tetik, qalbi uyg‘oq sheʼrlari bilan atrof jonlanaverdi.  


O‘zbekistonda ham bu hil sheʼriyat kechalari bo‘lib tursa, bahshilarimiz uzun qish kechalarida doston ijro etsa qanday ajoyib ish bo‘lardi. 

Turkiy o‘lkalardan qardoshlarimiz bilan mebmonavozlik qilib tungi maroqli ijodiy suhbatlar tashkil qilishni ko‘nglimga tugib qo‘ydim. 


Barcha shoirlardan muallifligidagi kitoblardan hadyaga olish bilan birga, O‘zimning Ozarbayjonda chop etilgan " Yolg‘iz qush" kitobimni barcha ishtirokchilarga sovg‘a qildim.  Yurtimizdan keltirilgag‘ shirinliklar, turli suvinirlar, hadyalarimizni berganimizda ularni Ota yurtdan deb mehr bilan meni quchib samimiy tilaklar bildirishgani alohida mavzu.


Begona va yoshi ulug‘ijodkorlar safida eng yoshi o‘zim bo‘ldim.  Ozroq tortindim ham. 

Ikki kun bu juda kam fursat bo‘lsada, bir umr esda qoladigan taassurotlar bilan qaytdim.  


Festivaldan so‘ng safarimiz yana yetti kun Antaliya - Kemerda davom etdi.  


Yozuvchi va xunarmand, Kemerdagi besh oltita xonadonlarni ijaraga beruvchi tadbirkor Bo‘lat Unsal bizni judayam shodonlik ila kutib oldi.Turistlar dam oladigan tog‘lar bag‘rida yetti kun yashab o‘pkamizni toza havoga to‘ldirib oldik.  Va yetti kun turar joy, oziq—ovqatlar bilan taminlab, Antaliyaning eng ko‘zga ko‘ringan manzillariga har kun olib borib, mehmon qilib eʼzozladi. 


Bunday eʼtiborni turk birodarimizdan kutmagan edim.  Juda ham qalbim to‘lqinllandi. 


Mana shu kabi nufuzli tadbirlar bizni birlashtirmoqda. Ijodimizni, milliyligimizni targ‘ib qilishga, do‘stlarimiz, hamkorlarimiz ortishiga sabab bo‘lmoqda. 

Men safarim davomida meni moliyaviy qo‘llab- quvvatlab, hamroh bo‘lgan Gulposha Yasavviyga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.  Yangi yil qadami yanada qo‘tlug‘ kelsin. 




Vatanga 29-dekabr kuni turli-tuman hadyalar, kitoblar bilan eson-omon qaytib keldik.  Endi bahordagi eng katta ijodiy xalqaro festivalga, O‘zbekistonda ko‘zga ko‘ringan ijodkorlarni bir safga yig‘ib olib ketishga tayyorgarlik ko‘ramiz.  O‘ylaymanki xalqaro muvaffaqiyatlarim hali oldinda.  


Omad, baxt ostonamizni tark etmasin.  

Zilolabonu XOLIQOVA,

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi

Maqola muallifi

Muxbirimiz

Muxbirimiz

Jurnalist

Teglar

  • #Vatan
  • #Millat

Ulashish